» » YuNISEF Shavkat Mirziyoyevning militsiya vakillari bilan uchrashuvdagi nutqiga “yuksak baho” berdi

YuNISEF Shavkat Mirziyoyevning militsiya vakillari bilan uchrashuvdagi nutqiga “yuksak baho” berdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan IIV vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda bolalar va yoshlar orasida jinoyatchilikning oldini olishga alohida e’tibor qaratilgani YuNISEF tomonidan olqishlandi. Bu haqda tashkilotning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan e’lon qilingan bayonotda so‘z boradi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev ichki ishlar organlari faoliyatini tanqid qildi

YuNISEF bayonotida qayd etilishicha, mamlakat Prezidenti tomonidan tegishli davlat idoralarini yoshlar sodir etgan jinoyatlarni tahlil qilishga, ularning sabablarini aniqlashga va jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni kuchaytirishga da’vat etgani e’tiborga loyiq hodisa.

YuNISEF O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ichki ishlar vazirligi vakillari bilan uchrashuvda bolalar va yoshlar orasida jinoyatchilikning oldini olish chora-tadbirlariga alohida e’tibor qaratganini yuksak baholaydi.

<…>

Bolalar turli sabablarga ko‘ra jinoyat sodir etishi yoki huquqbuzarlikka qo‘l urishi mumkin. Xalqaro tadqiqotlarning natijalariga ko‘ra, bunday bolalar zo‘ravonlik, haqorat, mensimaslik va ekpluatasiya singari holatlar mavjud bo‘lgan muammoli oila muhitiga mansub bo‘ladi. Shu bois himoyaga muhtoj bolalarning muammolarini hal etish juda muhim.

Global amaliyot shuni tasdiqlaydiki, jinoyatchilikning oldini olish dasturlari huquq-tartibot idoralari tomonidan emas, balki ijtimoiy himoya organlari tomonidan olib borilganida samaraliroq bo‘ladi. YuNISEF tegishli vazirliklar va idoralarga bolalar uchun adliya tizimini mukammallashtirishda xalqaro normalar va standartlarga muvofiq ravishda texnik yordam ko‘rsatishga tayyor ekanligini bayon etadi.

YuNISEF bayonotidan

Tashkilotning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumanning qayd etishicha, voyaga yetmaganlar orasidagi jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha sa’y-harakatlar butun jamiyat va davlat tizimi tomonidan amalga oshirilishi lozim.

Yoshlar jamiyat hayotida faol rol o‘ynash uchun imkoniyatlarga ega bo‘lishlari lozim hamda ularga jamiyat rivojiga hissa qo‘shadigan shaxslar sifatida qarash kerak.

Sasha Graumann, YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-02-2017, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 59) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют