» » Jizzaxda 4 ta xonadondan firibgarlik yo‘li bilan pul undirgan elektr ta’minoti korxonasi xodimi jazolandi

Jizzaxda 4 ta xonadondan firibgarlik yo‘li bilan pul undirgan elektr ta’minoti korxonasi xodimi jazolandi


Jizzaxda 4 ta xonadondan firibgarlik yo‘li bilan pul undirgan elektr ta’minoti korxonasi xodimi jazolandi. Bu haqda Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

A.Q. Jizzax tuman elektr ta’minoti korxonasiga 2017-yil 2-fevral kuni ish o‘rganuvchi bo‘lib joylashgan.

A.Q. 2017-yil 17-fevral kuni U.A.ning xonadoniga kelib, elektr energiyasidan 820.000 so‘m qarzdorligi borligi, agar pullarni to‘lamasa, elektr energiyasini tarmoqdan uzib ketishini aytgan. Natijada U.A.dan 100 AQSh dollarini olib, 150.000 so‘mlik to‘lov to‘g‘risida patta taqdim qilgan. A.Q. to‘lovning qolgan qismiga keyinroq patta yozib berishini aytgan, biroq va’dasida turmagan.

A.Q. 2017-yil 19-mart kuni R.E.ning xonadoniga kelib, elektr hisoblagichining eskirib qolgani, yangisiga almashtirish kerakligini aytgan. A.Q. yangi elektr hisoblagich o‘rnatib berishga va’da bergan. Bunga ishongan R.E. 2017-yil 19-mart kuni A.Q.ga 100.000, 2017-yil aprel oyining o‘rtalarida 50.000 so‘m — jami 150.000 so‘m pul bergan.

A.Q. 2017-yil 6-aprel kuni A.X.ning xonadoniga kelib, elektr energiyasidan 200.000 so‘m qarzi borligi, agar pul to‘lamasa, elektr energiyasini tarmoqdan uzishini aytgan. So‘ng A.Q. xonadon egasidan 200.000 so‘m olgan, biroq 100.000 so‘m to‘langani to‘g‘risida patta bergan. Qolgan 100.000 so‘m uchun to‘lov pattasini ertaga olib kelib berishga ishontirgan, biroq olib kelmagan.

A.Q. 2017-yil 13-aprel kuni N.B.ning xonadoniga kelib, elektr energiyasidan 200.000 so‘m qarzdorligi borligini ma’lum qilgan. Xonadon egasi qarzini to‘lagan. Shundan so‘ng A.Q. uch fazali elektr tarmog‘iga ulanishga yordam berishini aytib, N.B.dan 500.000 so‘m olgan. A.Q. 2017-yil 14-aprel kuni N.B.dan 200.000 so‘m berib turishni so‘rab, ertasi kuni pullarini qaytarib berishga ishontirgan, biroq va’dasida turmagan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudida 2018-yil 2-iyul kuni A.Q.ga nisbatan jazo tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2018, 14:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют