» » Bag‘dodda minalashtirilgan avtomobilning portlashi oqibatida 48 kishi halok bo‘ldi

Bag‘dodda minalashtirilgan avtomobilning portlashi oqibatida 48 kishi halok bo‘ldi


Bag‘dod janubida minalashtirilgan avtomobilning portlashi oqibatida 48 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

Portlatilgan transport vositasi haydalgan mashinalar bozori yaqinidagi gavjum joyda qoldirib ketilgan edi.

Xabar berishlaricha, ushbu terrorchilik harakati uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan.

Iroq huquqni muhofaza qilish organlari mazkur terakt hamda Bag‘dodda 12-fevraldan beri tinmayotgan ommaviy namoyishlar orasida bog‘liqlik bor-yo‘qligini tekshirmoqda.

Tartibsizliklarga aylanib ketayotgan namoyishlar oqibatida o‘tgan kunlar davomida 8 kishi halok bo‘ldi, 350 dan ortiq odam tan jarohati oldi.

Namoyishchilar hukumatdan mamlakat saylov tizimini isloh etishni talab qilmoqda — ularning aksariyati nufuzli shia ulamosi Muqtada as-Sadrning tarafdorlaridir.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-02-2017, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют