» » Samarqandda test sinovlaridagi qoidabuzarliklar asosan kunning ikkinchi yarmida qayd etilmoqda

Samarqandda test sinovlaridagi qoidabuzarliklar asosan kunning ikkinchi yarmida qayd etilmoqda


Samarqandda test sinovlaridagi qoidabuzarliklar asosan kunning ikkinchi yarmida qayd etilmoqda. Bu haqida “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev viloyat IIB matbuot xizmatiga tayanib, xabar bermoqda.

6-avgust, dushanba kuni Samarqandda tushgacha bo‘lib o‘tgan imtihonlarda jami 3030 nafar abituriyent test sinovlarida qatnashishi kerak edi. Shundan 2949 ta abituriyent test sinovlariga kirgan. 81 nafar abituriyent esa imtihonga kiritilmagan. Jumladan 14 nafar abituriyent o‘zi bilan uyali telefon va har xil turdagi shpargalkalar olib kirmoqchi bo‘lgani uchun sinovlardan chetlashtirilgan.

Shu kuni tushdan so‘ng bo‘lib o‘tgan test sinovlariga 2928 nafar abituriyentdan 81 nafari kelmagan. 13 nafar abituriyent esa ichki tartibni buzgani uchun test sinoviga kiritilmagan. Shuningdek, 37 nafar abituriyentning o‘rniga boshqa shaxslar imtihon topshirish uchun kirgani aniqlangan. Bu abituriyentning o‘rniga boshqa shaxs imtihonga kirishi holati bo‘yicha shu kunga qadar qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi.

Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan 6 kun mobaynida 181 ta qoidabuzarlik holati aniqlangan. Shundan 79 ta holatda uyali telefon, 23 ta holatda har xil turdagi shpargalkalar olib kirishga urinishlar fosh qilingan.

Test sinovlarining dastlabki 6 kuni davomida 79 nafar abituriyentning o‘rniga boshqa shaxslar imtihon topshirish uchun kirgani aniqlangan.

Samarqand IIB taqdim qilgan statistik ma’lumotlarga qaraganda, test imtihonlari bo‘yicha sodir etilgan qoidabuzarlik holatlari asosan kunning ikkinchi yarmida qayd etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2018, 16:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют