» » AQSh e’lon qilgan sanksiyalardan keyin rubl kursi keskin tushib ketdi

AQSh e’lon qilgan sanksiyalardan keyin rubl kursi keskin tushib ketdi


AQSh davlat departamenti Rossiyaga nisbatan sanksiyalar joriy qilishini e’lon qilganidan keyin Moskva birjasida savdolarning ochilishida rubl kursi keskin tushib ketdi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.

2016-yilning noyabridan boshlab ilk marta 1 dollar 66 rubldan ortiqni tashkil qildi. Yevro kursi savdolarning boshida 2018-yilning aprelidan boshlab ilk marta 77 rubl ko‘rsatkichidan ko‘tarildi, so‘ng yana pasaydi.

Ayni paytda 1 dollar 66,13 rubl, 1 yevro esa 76,6 rublga teng.

8-avgust kuni  AQSh davlat departamenti Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar joriy qilishini e’lon qilgan. Sanksiyalarning birinchi paketi 22-avgust kuni kuchga kirishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2018, 16:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют