» » Toshkentda piyodani urib yuborib voqea joyidan qochgan haydovchi qidirilmoqda

Toshkentda piyodani urib yuborib voqea joyidan qochgan haydovchi qidirilmoqda


Toshkentda piyodani urib yuborib voqea joyidan qochgan haydovchi qidirilmoqda. Bu haqda IIV jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 7-avgust, seshanba kuni soat 22:40 larda haydovchi avtomashinani Bodomzor ko‘chasida joylashgan “Saltanat” kafesi qarshisida haydab ketayotib, yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan piyoda M.A. ismli ayolni urib yuborgan. Shuningdek, haydovchi 2 ta Spark bilan to‘qnashgan va voqea joyidan qochib ketgan.

Jarohat olgan M.A. kasalxonaga yotqizilgan. Ushbu yo‘l-transport hodisasini sodir etgan haydovchini aniqlash va hibsga olish choralari ko‘rilgan.

“Hurmatli fuqarolar, kimda-kim ushbu avtohalokatga guvoh bo‘lgan bo‘lsa, shuningdek, noma’lum shaxs va uning boshqaruvidagi avtomashina haqida biron-bir ma’lumotga ega bo‘lsa, ichki ishlar organlarining hududiy bo‘limlariga va “102” telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berishingizni so‘raymiz” , — deyiladi IIV xabarida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2018, 17:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют