» » Prezident chiqindi tashish xizmati uchun to‘lovlarni MIB orqali undirish haqida topshiriq berdi

Prezident chiqindi tashish xizmati uchun to‘lovlarni MIB orqali undirish haqida topshiriq berdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-avgust kuni atrof-muhitni muhofaza qilish, maishiy chiqindilarni yig‘ish va qayta ishlash tizimini rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etishlaricha, O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 21-apreldagi “2017—2021-yillarda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori natijasida ilgari boshqaruvchisi va egasi bo‘lmagan mazkur sohada yagona tizim shakllandi.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tizimida tashkil qilingan “Toza hudud” korxonalari 2018-yilning yetti oyida 49 milliard so‘m daromad olishga erishdi. Joylarda chiqindilarni qayta ishlash korxonalari qurilmoqda. Yil oxirigacha aholini chiqindi tashish xizmati bilan qamrab olish darajasi 62 foizga yetkazilishi kutilmoqda.

“Biroq mazkur yo‘nalishdagi ishlar hali yetarli emasligi, yana qator chora-tadbirlar amalga oshirilishi zarurligi ta’kidlandi”, — deb yozadi Prezident matbuot xizmati.

Aholini chiqindi tashish xizmati bilan 100 foiz qamrab olish uchun yana 500 ta maxsus texnika sotib olish, sohada davlat-xususiy sheriklik yo‘nalishini keng joriy etish, aholidan to‘lovlarni Majburiy ijro byurosi tomonidan yig‘ish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

“Yig‘ilishda mutasaddi rahbarlarning axboroti tinglanib, tegishli topshiriqlar berildi”, — deyiladi Prezident matbuot xizmati axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2018, 18:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют