» » Shavkat Mirziyoyev ayrim odamlarda chiqindini belgilangan joylarga tashlash madaniyati hali ham yo‘qligini tanqid qildi

Shavkat Mirziyoyev ayrim odamlarda chiqindini belgilangan joylarga tashlash madaniyati hali ham yo‘qligini tanqid qildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-avgust kuni atrof-muhitni muhofaza qilish, maishiy chiqindilarni yig‘ish va qayta ishlash tizimini rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yig‘ilishda obodonlashtirish boshqarmalari moddiy-texnik bazasini yangilash, boshqaruvda zamonaviy usullarni joriy etish, chiqindi poligonlarini sanitar talablar asosida tartibga keltirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev: Chiqindini qayta ishlash va undan energiya olish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqish kerak

Texnikalarni to‘g‘ri ekspluatatsiya qilish, ularning joylarga chiqishini elektron boshqarish, xizmatlar uchun tushumlar hisob-kitobini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, kadrlar tayyorlash bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Ayrim odamlarda haligacha chiqindini maxsus belgilangan joyga tashlash, o‘z ko‘chasi va hududini ozoda saqlash madaniyati shakllanmagani qayd etildi. Shu bois hududlarni ifloslantirganlik uchun javobgarlikka tortishning ta’sirchan mexanizmlarini yaratish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi.

“Yig‘ilishda mutasaddi rahbarlarning axboroti tinglanib, tegishli topshiriqlar berildi”, — deyiladi Prezident matbuot xizmati axborotida.

Mavzuga doir: Prezident chiqindi tashish xizmati uchun to‘lovlarni MIB orqali undirish haqida topshiriq berdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2018, 19:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют