» » O‘zbekistonlik erkin kurashchi Jamshid Kenjayev tungi klubda yuz bergan pichoqbozlik oqibatida vafot etdi

O‘zbekistonlik erkin kurashchi Jamshid Kenjayev tungi klubda yuz bergan pichoqbozlik oqibatida vafot etdi


8-avgustdan 9-avgustga o‘tar kechasi, taxminan, soat 00:25 larda Yunusobod tumanidagi Aurum 898 tungi klubi oldida janjal oqibatida erkin kurash bo‘yicha xalqaro toifadagi sport ustasi 25 yoshli Jamshid Kenjayev olamdan o‘tdi, deb xabar beradi Uz24.

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, klub qo‘riqchisi va mehmon o‘rtasida chiqqan mojaro natijasida uch kishi (ularning ikki nafari qo‘riqchilar) pichoqdan olingan jarohatlar bilan shahar klinik shifoxonasiga yotqizilgan.

Qayd etilishicha, Jamshid Kenjayev pichoq bilan klubga kirishga uringan. Qo‘riqchilar esa bunga yo‘l qo‘ymagani uchun Jamshid ulardan biriga pichoq bilan zarba bergan. So‘ng mehmon va qo‘riqchi o‘rtasida janjal chiqqan. Natijada Jamshid ko‘plab tan jarohati olgan va jarohatlari sabab bugun, 9-avgust ertalab shifoxonada vafot etgan. Jamshidga tan jarohatlari yetkazishda ayblanib, muassasaning uch nafar xodimi hibsga olingan. Ular – 24 yoshli Saidazim K., 29 yoshli Shodali K. va 26 yoshli Jahongir Ya. Klub qo‘riqchisi bo‘lib ishlovchi, hodisaning ikki nafar ishtirokchisi 41 yoshli Sherali I. va Abdurasul M. olgan jarohatlari natijasida hozirda shifoxonada qolmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ma’lumot uchun erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston chempioni bo‘lgan Jamshid Kenjayev 61 hamda 65 kg vazn toifalarida Incheondagi Osiyo o‘yinlari—2014 da, shuningdek, 2015-yil Qatarda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan.

Aurum 898 tungi klubi Toshkentning Yunusobod tumanida joylashgan. Yunusoboddagi tungi klublarda esa tez-tez pichoqbozlik bo‘lib turadi. Masalan, iyun oyida “Osiyo ayig‘i” Murod Xonto‘rayev Yunusoboddagi tungi klublardan birida pichoqlangandiKeyinroq bu ish bo‘yicha Xonto‘rayevning o‘zi qamoqqa olingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2018, 19:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют