» » Peruda 52 kishi oziq-ovqatdan zaharlandi, 10 kishi vafot etdi

Peruda 52 kishi oziq-ovqatdan zaharlandi, 10 kishi vafot etdi


Peruda oziq-ovqatdan ommaviy zaharlanish qayd qilindi. Bu haqda “Sinxua” agentligiga tayanib, “Trud” xabar bermoqda.

Ommaviy zaharlanish oqibatida 10 kishi halok bo‘lgan. Favqulodda holat 6-avgust, dushanba kuni Peru janubidagi Ayakucho provinsiyasining San-Xose-de-Ushua aholi punktida qayd etilgan.

Peru ommaviy axborot vositalarining xabarlariga qaraganda, motam marosimiga kelgan kishilar oziq-ovqatdan zaharlangan. Taom iste’mol qilinganidan keyin 52 kishi o‘zini yomon his qilishni boshlagan.

Shu kunga qadar 10 kishi halok bo‘lgan. Jabrlanganlar Lima va mamlakatning boshqa yirik shaharlaridagi shifoxonalarga joylashtirilgan. 21 nafar jabrlanganlarning holatini shifokorlar og‘ir deya baholamoqda.

Peru sog‘liqni saqlash vaziri Silviya Pessaxning ma’lum qilishicha, jabrlanganlar iste’mol qilgan taom tarkibida insektitsidlar (hasharotlarni o‘ldirishga mo‘ljallangan kimyoviy moddalar) aniqlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2018, 20:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют