» » Jakartada Indoneziya—O‘zbekiston do‘stlik jamiyati tashkil etildi

Jakartada Indoneziya—O‘zbekiston do‘stlik jamiyati tashkil etildi


Jakartada 7-avgust kuni Indoneziya Oliy ta’lim muassasalari uyushmasi, Gunadarma universiteti, Indoneziyaning bir qator tijorat tuzilmalari va O‘zbekistonning Indoneziyadagi elchixonasi ishtirokida Indoneziya—O‘zbekiston do‘stlik jamiyati tashkil etildi. Bu haqda O‘zbekistonning Indoneziyadagi elchixonasi ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Do‘stlik jamiyati faoliyati doirasida turizmni rivojlantirish, ilm-fan, madaniyat va san’at, iqtisodiy forumlar sohalaridagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish belgilangan.

Jamiyatni tashkil etishga bag‘ishlangan tadbir Gunadarma universitetining 37 yilligini nishonlash doirasida bo‘lib o‘tdi. Universitet rektori Eko Shri Indoneziya—O‘zbekiston do‘stlik jamiyati Indoneziya va o‘zbek xalqini birlashtirishda muhim rol o‘ynashiga ishonch bildirdi.

Gunadarma universiteti O‘zbekistonda Milliy universitet, O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti, Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Samarqand chet tillar instituti va boshqa OTMlari bilan hamkorlik qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2018, 21:01)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют