» » O‘zbekistonning Yekaterinburgdagi bosh konsuli tayinlandi

O‘zbekistonning Yekaterinburgdagi bosh konsuli tayinlandi


O‘zbekistonning Yekaterinburgdagi bosh konsuli etib tayinlangan Abdusalom Hotamov 9-avgust kuni Toshkentdan Rossiyaga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Abdusalom Hotamov bunga qadar Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Mart oyida Sankt-Peterburg shahrida O‘zbekiston bosh konsulligi ochilgan edi. Bungacha O‘zbekiston Moskvada elchixona va Novosibirskda bosh konsullika ega edi.

“Gazeta.uz”ning qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekiston fuqarolari manfaatlarini himoya qilish maqsadida Rossiyaning Qozon, Rostov-Don va Vladivostok shaharlarida ham konsullik muassasalari ochish rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2018, 21:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют