» » Sportchi Jamshid Kenjayevning o‘limiga tungi klubga o‘zi olib kelgan pichoq sabab bo‘lgan

Sportchi Jamshid Kenjayevning o‘limiga tungi klubga o‘zi olib kelgan pichoq sabab bo‘lgan


Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi Aurum 898 tungi klubi oldida 9-avgustga o‘tar kechasi yuz bergan fojia haqida avval xabar berilgan edi.

Shahar IIBB axborotiga ko‘ra, 25 yoshli Jamshid Kenjayev klubga pichoq bilan kirmoqchi bo‘lgan, biroq klub qo‘riqchilari uning pichoq bilan kirishiga qarshilik ko‘rsatgach, Jamshid ulardan birining qorniga musht tushirgan. Shundan so‘ng Jamshid va qo‘riqchilar o‘rtasida mushtlashuv boshlangan. Oqibatda Jamshid Kenjayev ko‘p tan jarohati olgan va jarohatlari sabab tongda kasalxonada vafot etgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonlik erkin kurashchi Jamshid Kenjayev tungi klubda yuz bergan pichoqbozlik oqibatida vafot etdi

Bosh prokuratura matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan axborotda bunday deyiladi:

Aurum tungi klubi kirish eshigi oldida Jamshid Kenjayev tungi klubi qo‘riqchilari Sh.Ilyasov va A.Mirzayev bilan o‘zaro janjallashib, yonida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan Sh.Ilyasovga va A.Mirzayevga sanchib kesilgan tan jarohatlari yetkazgan. Janjal davomida voqea joyida bo‘lgan Aurum tungi klubida qo‘riqlovchi yordamchi Sh.Qilichov fuqaro Jamshid Kenjayevni qo‘lidan oshxona pichog‘ini tortib olib, unga sanchib kesilgan tan jarohatlari yetkazgan.

Bosh prokuratura axborotidan

Jamshid Kenjayev pichoq bilan jarohat yetkazgan qo‘riqchilardan biri Sh.Ilyasov 7-son shahar klinik shifoxonasiga, A.Mirzayev esa 1-sonli Respublika klinik shifoxonasiga yotqizilgan. Jamshid Kenjayevning o‘zi esa 7-son shahar klinik shifoxonasida vafot etgan.

Prokuraturadan ma’lum qilishlaricha, ushbu holat yuzasidan 9-avgust kuni Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Sh.Qilichevga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan (militsiya axborotida Sh.Qilichevdan tashqari yana ikki kishi — birining ismi Saidazim, ikkinchisiniki esa Jahongir — qo‘lga olingani aytilgan edi).

Prokuratura axborotida qo‘shimcha qilinishicha, ish yuzasidan tergov harakatlari shahar prokuraturasining O‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2018, 22:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют