» » Orol dengizi muammosini o‘rganish uchun 20 kunlik xalqaro ekspeditsiya tuzildi

Orol dengizi muammosini o‘rganish uchun 20 kunlik xalqaro ekspeditsiya tuzildi


Qozog‘istonning Olmaota shahrida 1-avgust, chorshanba kuni “Muzliklardan Orol dengizigacha” ekspeditsiyasiga start berildi. Ekspeditsiya 21-avgustga qadar davom etadi. Bu haqda Markaziy Osiyoning Mintaqaviy ekologik markazi (The Regional Environmental Centre for Central Asia) matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Ekspeditsiyada Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Afg‘oniston, Germaniya, Polsha va Yaponiyadan 20 dan ortiq ishtirokchi qatnashadi. Ular 4 mamlakat —Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonga tashrif buyuradi.

Ekspeditsiyada olimlar, muhandislar, huquqshunoslar, iqtisodchilar, ekologlar va tarixchilar ishtirok etadi. 3 haftalik sayohat mobaynida yosh olimlar 4 yo‘nalish bo‘yicha o‘zlarining tadqiqotlarini olib borish imkoniga ega bo‘ladi:

Orol havzasi bo‘yicha ekspeditsiya o‘tkazish g‘oyasi ilk marta 2018-yilning boshida ilgari surilgan. Fevral oyidan tayyorgarlik ishlari boshlangan. Yo‘nalishning uzunligi — 4000 kilometr. Ekspeditsiyaning davomiyligi — 20 kun.

Ekspeditsiya YuNESKOning Qozog‘iston-Germaniya universiteti qoshidagi Markaziy Osiyoda suv resurslarini boshqarish kafedrasi, Markaziy Osiyoning Mintaqaviy ekologik markazi (The Regional Environmental Centre for Central Asia)ning Smart Waters (“Suv, ta’lim va hamkorlik”) loyihasi, Shveysariyaning taraqqiyot agentligi tomonidan tashkil qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2018, 23:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют