» » Elbek Shukurov Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari etib tayinlandi

Elbek Shukurov Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari etib tayinlandi


Shukurov Elbek Habibullayevich Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Elbek Shukurov 1988-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. Toshkent davlat agrar universitetini 2009-yilda tamomlagan.

2013—2015 yillarda — “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar Kengashi raisi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining a’zosi.

2017-yildan buyon O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi raisi lavozimlarida ishlab kelgan. 2017-yili Do‘stlik ordeni bilan mukofotlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2018, 08:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 77) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют