» » Ozbekteatr va Ozbekmuzey tugatiladi

Ozbekteatr va Ozbekmuzey tugatiladi


Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-fevraldagi Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi farmonida bir qator muassasalarni butunlay tugatish haqida korsatma berdi.

Mavzuga doir: Ozbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi tugatildi. Uning ornida Madaniyat vazirligi va Sport qomitasi tuzildi

Prezident farmoniga muvofiq, Ozbekteatr ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi, Artmadad maxsus jamgarmasi va Ozbekmuzey jamgarmasi tugatiladi.

Qayd etilishicha, mazkur tashkilotlarni tugatish haqidagi qaror ularning faoliyatini organib chiqish natijalarini hisobga olgan holda qabul qilingan.

Farmonga kora, faoliyati tugatilgan bu tashkilotlarning funksiyalari va mol-mulki yangi tashkil etilgan Ozbekiston Madaniyat vazirligiga topshiriladi.

Malumot uchun, Ozbekteatr birlashmasi Ozbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 1998-yil 26-martdagi farmoniga kora, Ozbekmuzey jamgarmasi esa Birinchi Prezidentning 1998-yil 12-yanvardagi farmoniga muvofiq tashkil etilgan edi.

Daryoning Telegramdagi rasmiy kanali @toshqindaryoga azo boling!

: admin (16-02-2017, 23:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 43) ( 0) ( 41) ( 2)
:
-
:
20 ... -