» » 9-avgust kungi test sinovlarida salkam 57 ming abituriyent ishtirok etdi

9-avgust kungi test sinovlarida salkam 57 ming abituriyent ishtirok etdi


Respublika oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining to‘qqizinchi kunida 15 ta oliy ta’lim muassasasining 95 ta ta’lim yo‘nalishida 56 ming 642 nafar abituriyent ishtirok etdi. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ma’lum qildi.

Xabarda qayd etilishicha, 9-avgust kuni turli sabablarga ko‘ra 1381 nafar abituriyent test sinovlariga kelmagan.

Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 152 nafar abituriyent, shundan 89 nafari hududga kirish joyida uyali telefon, shpargalkalar olib kirisha va o‘zgani o‘rniga kirish, 67 nafari bino ichida shpargalkadan foydalanish va boshqa abituriyentlarga yordam berishga uringanligi uchun imtihonlardan chetlashtirildi.

Natijalarni Davlat test markaziga qaytarish soat 18:30 dan boshlandi. So‘nggi materiallar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Buxoro viloyatlaridan kechasi 24:00da yetib keldi.

9-avgust kungi test natijalari 10-avgust kunning ikkinchi yarmida Davlat test markazi saytida e’lon qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2018, 08:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют