» » O‘zbekistondagi 150 ta maktabda shaxmat darslari joriy etiladi

O‘zbekistondagi 150 ta maktabda shaxmat darslari joriy etiladi


Prezident Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasida shaxmatni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan e’lon qilindi.

Mazkur qaror bilan Xalq ta’limi, Jismoniy tarbiya va sport vazirliklari hamda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining:

Majburiy maktab dasturlari doirasida 150 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quvchilarini tajriba tariqasida shaxmatga o‘qitishni tashkil qilish;

Shaxmat bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabini O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi tasarrufiga berish;

2018-yil 1-sentabrdan boshlab mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha shaxmat klublari hamda shaxmatga o‘qitish va shaxmatchilar tayyorlashni amalga oshiruvchi boshqa sport muassasalari O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi tomonidan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan kelishilgan holda majburiy akkreditatsiyadan o‘tkazilishi tartibini belgilash;

Shaxmat klublari tomonidan o‘zlarining faoliyatlari haqida har chorakda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasiga hisobotlar taqdim qilish mexanizmini joriy etish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilindi.

O‘zbekiston shaxmat federatsiyasiga Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan kelishilgan holda bir oy muddatda:

Shaxmat klublarini akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni;

Respublikadagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida shaxmatga o‘qitishni bosqichma-bosqich qamrab olish, yuqori malakali murabbiy kadrlarni tayyorlash, shaxmat klublari va umumiy o‘rta ta’lim maktablari shaxmat sinflarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini;

Shaxmat klublari faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlar shaklini tasdiqlash tavsiya etildi.

Shaxmat bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi o‘z faoliyatini to‘liq o‘zini o‘zi moliyalashtirish asosida olib boradi, xo‘jalik va moliyaviy faoliyat masalalarini mustaqil ravishda hal qiladi.

Maktab faoliyatini moliyalashtirish uning o‘z mablag‘lari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriya mablag‘lari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2018, 09:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют