» » Stokgolmdagi terakt bo‘yicha qamalgan Rahmat Oqilovga turmada bir mahbus hujum qildi

Stokgolmdagi terakt bo‘yicha qamalgan Rahmat Oqilovga turmada bir mahbus hujum qildi


Stokgolmdagi terakt haqidagi ish bo‘yicha umrboq qamoq jazosiga hukm qilingan O‘zbekiston fuqarosi Rahmat Oqilovga turmada mahbuslardan biri hujum qildi, deb yozadi Sputnik.

Hodisa o‘tgan haftaning payshanba kuni (2-avgust) xavfsizlik darajasi yuqori bo‘lgan Kumla qamoqxonasida, Oqilov turmaning bo‘limlaridan biriga olib kelgan vaqtda yuz berdi. Unga noqonuniy qurol saqlaganlik va ishlatganlik uchun to‘rt yilga qamalgan 24 yoshli mahbus hujum qildi. U Oqilovning kamerasiga kirib, eshikni ichkaridan yopib olgan.

Shundan keyin kameradan dod-faryod va zarba tovushlari eshitilgan, soqchilar Oqilovning polda yotgan holda mahbusdan zarbalar yeyayotganini ko‘rgan. Hodisa yuzasidan tekshiruv boshlandi. Hujum qilgan shaxs izolyatsiya bo‘linmasiga joylashtirildi.

2017-yilning 7-aprel kuni Oqilov olib qochilgan yuk mashinasida Stokgolm markazida joylashgan Drottninggatan ko‘chasidagi piyodalar yo‘lagi orqali 550 metr masofani bosib o‘tgan va 5 kishining umriga zomin bo‘lgan.

Joriy yilning 7-iyun sanasida Shvetsiya sudi uni terrorchilikda, besh kishini o‘ldirishda va 119 epizodda qotillik sodir etish borasida aybdor deb topildi va umrbod qamoq jazosiga hukm etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2018, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют