» » O‘zbekiston armiyasining 50 nafar sportchisi Osiyo o‘yinlari—2018 ga yo‘l oladi

O‘zbekiston armiyasining 50 nafar sportchisi Osiyo o‘yinlari—2018 ga yo‘l oladi


9-avgust kuni Mudofaa vazirligi markaziy apparatida XVIII Yozgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etish uchun yo‘l olayotgan 50 nafar Mudofaa vazirligi sport klubi sportchi va 3 nafar murabbiylarni kuzatishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov, O‘zbekiston Milliy olimpia qo‘mitasi raisi Umid Ahmadjonov, O‘zbekiston Boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Sherzod Toshmatov ishtirok etdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Bu yilgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etayotgan O‘zbekiston sportchilarining 22 foizini Mudofaa vazirligi sport klubi vakillari tashkil etadi.

2018-yilda O‘zbekiston o‘smirlar, yoshlar hamda milliy terma jamoalari tarkibida jahon chempionatlari, Osiyo birinchiliklari, dunyo va qit’a kubogi bahslari, Gran-pri turkumiga kiruvchi yirik xalqaro musobaqalar hamda an’anaviy xotira turnirlarida ishtirok etgan Sport klubi vakillari bugungi kunga qadar jami 612 ta medalga, ulardan respublika miqyosidagi bahslarida 511 ta, xalqaro miqyosidagi musobaqalarda 101 medaliga egalik qilgan.

Ma’lumot uchun 2014-yilda Janubiy Koreyaning Incheon shahrida bo‘lib o‘tgan XVII Yozgi Osiyo o‘yinlarida mamlakatimiz terma jamoasi tarkibiga kirgan Mudofaa vazirligi Sport klubining 44 nafar sportchisi 10 ta sport turi bo‘yicha ishtirok etib, 3 ta oltin, 3 ta kumush va 12 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.

2018-yilning avgust—sentabr oylarida Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida o‘tkaziladigan XVIII Yozgi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasidan joy olgan 50 nafar Mudofaa vazirligi sport klubi a’zosi jami 11 ta sport turi bo‘yicha ishtirok etadi. Ular jiu-jitsu, kurash, boks, taekvondo, yengil atletika, kanoe va baydarkada eshkak eshish, og‘ir atletika, dzyudo, otish, tennis, trampolin kabi sport turlarida O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2018, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 86) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют