» » O‘zbekistonda Germaniyaning Scheider Group kompaniyasi vakolatxonasi ochiladi

O‘zbekistonda Germaniyaning Scheider Group kompaniyasi vakolatxonasi ochiladi


Germaniyaning Scheider Group kompaniyasi Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochadi, deb xabar beradi Spot.

Ma’lum qilinishicha, ochilish marosimi sentabr oyida bo‘lib o‘tadi.

Scheider Group tashabbusiga ko‘ra, bir qator nemis kompaniyalarining vakillari O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Ular Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Savdo-sanoat palatasida muzokaralar olib boradi. Shuningdek, nemis delegatsiyasining bir qator ishlab chiqarish obyektlariga borishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun

Scheider Group 2003-yil tashkil etilgan. Kompaniya Rossiya, Qozog‘iston, Belarus, Ukraina, Polsha, O‘zbekiston va Armanistonda biznesni yaratish va rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan bek-ofis xizmatlarini taqdim etadi. Kompaniya tomonidan taklif etiladigan xizmatlar sirasiga bozorga chiqish strategiyalarini ishlab chiqish, buxgalteriya hisobi, soliq masalalari bo‘yicha konsultatsiya, import, ERP-tizimlarini joriy qilish va boshqalar kiradi. Kompaniya Osiyo va Yevropaning 10 ta shaharida o‘zining ofislariga ega.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2018, 12:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют