» » Fotogalereya: Qachonlardir yashagan 10 ta bahaybat hayvon

Fotogalereya: Qachonlardir yashagan 10 ta bahaybat hayvon


Bir zamonlar Yer sayyorasida odamlardan bir necha barobar katta bo‘lgan bahaybat jonivorlar hukmronlik qilgan. AdMe nashri ana shu jonivorlarning fotojamlanmasini taqdim qildi.

Amfitseliya – Yer yuzida yashagan eng katta hayvonlardan biri. Bu turdagi o‘txo‘r dinozavrlar 145 – 161 million yil avval yashagan. Amfitseliya bitta umurtqasining uzunligi 2,5 metrni tashkil qilgan.

Titanoboa – bo‘g‘ma ilonlarning anchagina katta bo‘lgan yaqin qarindoshi.  Ilon 58 – 61 million yil avval yashagan va uzunligi 13 metrgacha yetgan. Hozirgi kunda Yer yuzasida mavjud yo‘l-yo‘l bo‘g‘ma ilonning uzunligi 7,5 metrgacha yetishi mumkin.

Megalodonlar 3 – 28 million yil avval yashagan shafqatsiz yirtqichlardir. Megalodonning uzunligi 20 metrgacha, og‘irligi 47 tonnagacha yetishi mumkin bo‘lgan. Uning tishlash kuchi 10 tonnaga teng bo‘lgan.

Argentavis 5 – 8 million yil oldin yashagan. U Yer sayyorasi tarixidagi eng katta qushlardan biri. Qanotlarini yoyganda ularning kengligi 7 metrgacha yetgan. Qush kemiruvchilar bilan oziqlangan.

Katta shoxli kiyiklar ikki million yil avval paydo bo‘lgan. O‘rmonlarning kengayishi katta shoxli kiyiklarning qirilib ketishiga olib kelgan. Kengligi 5 metrni tashkil qilgan shoxlari tufayli kiyiklar qalin novdalar orasida harakatlana olmagan.

Kichik yuzli ulkan ayiq (buldog-ayiq) tik turganida bo‘yi 3,5 – 4,5 metrni tashkil qilgan va juda kuchli jag‘larga ega bo‘lgan. Ayiq muz davrida Yerda yashagan eng yirik yirtqich sutemizuvchilardan biri bo‘lgan. Erkaklari urg‘ochilariga qaraganda sezilarli darajada katta bo‘lgan va og‘irligi 1,5 tonnagacha yetgan. Buldog-ayiq 14 ming yil oldin qirilib ketgan.

Gigantopiteklar – barcha davrlarning eng katta odamsimon maymuni. Ular taxminan 1 million yil oldin yashagan. Topilgan kamyob qoldiqlarga tayanib, aniq xulosa chiqarish qiyin, biroq olimlarning hisoblashicha, gigantopiteklarning bo‘yi 3 – 4 metr bo‘lgan, vazni esa 300 – 550 kilogramni tashkil qilib, asosan, bambuk bilan oziqlangan.

Paratserateriyalar (indrikoteriyalar) 20 – 30 million yil oldin yashagan. Ular hozirgi karkidonlarning qarinoshi bo‘lgan, ammo ularning shoxi bo‘lmagan. Ularning bo‘yi besh metrgacha, vazni esa 20 tonnagacha yetgan. o‘zining bahaybat tashqi ko‘rinishiga qaramasdan, ular yirtqich bo‘lmagan va daraxt barglari hamda novdalari bilan oziqlangan.

Ketselkoatl 66 – 68 million yil oldin yashagan. Bu eng katta pterozavr va sayyora tarixida eng katta uchuvchi hayvon bo‘lgan. Qanotlarini yoyganda, kengligi 12 -15 metrni tashkil qilgan. O‘laksalar va mayda umurtqalilar bilan oziqlangan.

Ko‘k kit (havorang kit) – hozirda mavjud va sayyora tarixidagi hayvonlar orasida eng kattasi. Uning uzunligi 33 metr, vazni esa 150 tonnani tashkil qiladi. U planktonlar va ba’zan mayda baliqlar bilan oziqlanadi. XX asrning 1960-yillariga kelib ko‘k kitlar deyarli qirib tashlandi, va ularning soni 5000 tani tashkil qilar edi. Hozirgi kunda ularning soni 10000 ga yaqin va ularni uchratish juda qiyin hisoblanadi.

Dengiz chayoni – eng yirik boshoyoqli jonzot. Ular 2,5 metrgacha o‘sa olgan. 248 -510 million yil avval yashagan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-02-2017, 00:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 44) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют