» » Shahrisabzda “Maqom muzeyi” ochiladi

Shahrisabzda “Maqom muzeyi” ochiladi


Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida “Maqom muzeyi” faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

O‘zbek maqom san’ati mumtoz va zamonaviy ijro namunalarining fondini yaratish hamda muzey ashyolari va kolleksiyalarini ilmiy tatqiq qilish ishlarini kuchaytirish va uning natijalarini e’lon qilib borish muzey faoliyatining asosiy vazifalari sirasiga kiradi.

Muzeyni jihozlash, ekpozitsiyasini yaratish hamda eskiz va loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladi.

Madaniyat vazirligiga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda muzeyni uning asosiy vazifalaridan kelib chiqib, maqom san’atiga oid hujjatlar, kino, fono va fotomateriallar, muzey ashyolari bilan ta’minlash vazifasi topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, 6–10 sentabr kunlari Shahrisabz shahrida ilk bor xalqaro maqom san’ati anjumani o‘tkaziladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2018, 14:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют