» » O‘zbekistonda oilaviy mehmon uylari tashkil etiladi

O‘zbekistonda oilaviy mehmon uylari tashkil etiladi


Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ma’lum qildi.

Qarorga muvofiq oilaviy mehmon uyi uning egasi oila a’zolari bilan birga yashash tamoyili bo‘yicha bir vaqtning o‘zida 10 nafargacha tashrif buyuruvchilarga (turistlarga) vaqtincha yashash va (yoki) ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi xususiy uy-joydir. Bunda mazkur joy har bir yashovchi shaxsga 3 m2 hisobidan to‘g‘ri keladigan turar joy maydoniga ega bo‘lishi lozim.

Oilaviy mehmon uyini tashkil etish uchun tegishli turar joyga ega bo‘lgan shaxs oilaviy mehmon uylarini ro‘yxatga olish yagona reyestriga kirish haqida ariza berishi kerak. Mazkur reyestr Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan yuritiladi.

Qo‘mita hujjatlarni olgan kunidan boshlab ularni uch ish kuni davomida ko‘rib chiqadi hamda natijalar yuzasidan dalolatnomani rasmiylashtiradi.

Ushbu dalolatnoma asosida uylar yagona reyestrga kiritiladi va reyestrga kiritilgandan so‘ng tegishli xizmatlarni ko‘rsatish mumkin bo‘ladi. Reyestrga kiritish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish va ko‘chirma berish uchun to‘lov undirilmaydi.

Oilaviy mehmon uylari yagona reyestriga kiritilgan tadbirkorlar buyurtmalariga binoan eng kam ish haqining 300 barobarigacha miqdorda, besh yil muddatga, shu jumladan 2 yillik imtiyozli davr bilan kreditlar ajratilishi mumkin.

Reyestr elektron shaklda yuritiladi va Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi. Reyestr onlayn tartibida yangilab turiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2018, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют