» » O‘zbekiston OITSga qarshi kurashish markaziga yangi direktor tayinlandi

O‘zbekiston OITSga qarshi kurashish markaziga yangi direktor tayinlandi


Tibbiyot fanlari doktori Qahramon Yuldashev Respublika OITSga qarshi kurashish markazi direktori lavozimida ish boshladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Qahramon Yuldashev 10-avgustga qadar Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti tibbiy profilaktika fakulteti dekani lavozimida ishlab kelayotgan edi.

“Unga, avvalo, OIV infeksiyasini erta aniqlash, uni profilaktikasini o‘z vaqtida amalga oshirish, diagnostika va davolash standartlarini qayta ko‘rib, zamonaviy hamda innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish, ushbu kasallikka qarshi samarali kurashish, bemorlarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish sifatini tubdan yaxshilash, shifoxona ichki infeksiyalari bilan kasallanish holatlarini keskin kamaytirish singari muhim vazifalar yuklatildi”, — deyiladi vazirlik axborotida.

Shuningdek, Yuldashev bugungi kun talabidan kelib chiqib mutaxassislar malakasini oshirish, immunologiya, virusologiya va epidemiologiya yo‘nalishlarida ilmiy ishlarni rivojlantirish, shu bilan birga, aholi o‘rtasida ushbu kasallikka qarshi samarali targ‘ibot ishlarini kuchaytirish, jahonning nufuzli xarqaro tashkilotlari bilan hamkorlikni mustahkamlash kabi qator ustuvor masalalarga ham mas’ul etib belgilangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2018, 16:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют