» » OAV: Tramp immigratsiyani cheklash haqida yangi farmon imzolashga qaror qildi

OAV: Tramp immigratsiyani cheklash haqida yangi farmon imzolashga qaror qildi


AQSh prezidenti Donald Tramp kelasi hafta immigratsiyani cheklash haqida yangi farmonni imzolashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Fox News o‘z manbalariga tayanib xabar berdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

“Fox News manbalari immigratsiya bo‘yicha yangi ijro farmoni kelasi hafta imzolanishi mumkinligini xabar qilmoqda”, — deyiladi Twitter’dagi xabarda.

Fox Business telekanali efiridan olingan videoda boshlovchilar ta’kidlashicha, manbalarda hozircha hujjat qanday tuzilishga ega bo‘lishi va uning asosiy bandlari immigratsiya to‘g‘risidagi avvalgi farmon bilan o‘xshash bo‘lish-bo‘lmasligi haqida ma’lumotlar yo‘q.

#Breaking – @FoxNews sources say new executive order on immigration likely next week pic.twitter.com/XrZxgyid7x

— FOX Business (@FoxBusiness) February 16, 2017

Eslatib o‘tamiz, Tramp mamlakatga suriyalik qochoqlar kirishini taqiqlaydigan, qochoqlarni ko‘chirib kiritishni to‘rt oyga to‘xtatib turadigan, shuningdek, Eron, Iroq, Suriya, Yaman, Somali, Sudan va Liviyadan iborat yettita musulmon mamlakatlari fuqarolarining AQShga kirishini 90 kunga taqiqlaydigan farmonni imzolagan edi. Ayni paytda farmon apellyatsiya sudi qaroriga ko‘ra vaqtinchalik amal qilmayapti.

Опубликовано: admin (17-02-2017, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют