» » Erkin kurashchi Jamshid Kenjayev pichoqlangan Aurum 898 tungi klub yopib qo‘yildi

Erkin kurashchi Jamshid Kenjayev pichoqlangan Aurum 898 tungi klub yopib qo‘yildi


Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi Aurum 898 tungi klubi oldida 9-avgustga o‘tar kechasi yuz bergan fojia haqida avval xabar berilgan edi.

Shahar IIBB axborotiga ko‘ra, 25 yoshli erkin kurashchi Jamshid Kenjayev klubga pichoq bilan kirmoqchi bo‘lgan, biroq klub qo‘riqchilari uning pichoq bilan kirishiga qarshilik ko‘rsatgach, Jamshid ulardan birining qorniga musht tushirgan. Shundan so‘ng Jamshid va qo‘riqchilar o‘rtasida mushtlashuv boshlangan. Oqibatda Jamshid Kenjayev ko‘p tan jarohati olgan va jarohatlari sabab tongda kasalxonada vafot etgan.

UzNews’ning xabariga ko‘ra, mazkur voqea sabab poytaxtdagi uzoq yillardan buyon faoliyat yuritib kelayotgan eng yirik tungi klub faoliyati to‘xtatilgan. Ta’kidlanishicha, 9-avgustdan 10-avgustga o‘tar kechasi tungi klub eshiklari butunlay berk bo‘lgan va hatto bino qorovuli ham bo‘lmagan. Yusunobodda joylashgan va ertalabki soat 06:00ga qadar faoliyat olib boradigan klub nima sababdan va qaysi idora vakillari tomonidan yopilgani borasida hozircha biror rasmiy ma’lumot yo‘q, deyiladi xabarda.

Nashrning yozishicha, tungi klubda oldin faoliyat olib borgan qo‘riqchilar Jamshid Kenjayevga hech qachon qarshilik ko‘rsatmagan va uni yaqindan tanigan. Klubda qo‘riqchilar almashganligi hamda yangilar Jamshidni tanimaganliklari sababli ham bu voqea ro‘y bergan.

Ma’lumot uchun Jamshid Kenjayev pichoq bilan jarohat yetkazgan qo‘riqchilardan biri Sh.Ilyasov 7-son shahar klinik shifoxonasiga, A.Mirzayev esa 1-sonli Respublika klinik shifoxonasiga yotqizilgan. Jamshid Kenjayevning o‘zi esa 7-son shahar klinik shifoxonasida vafot etgan.

Ushbu holat yuzasidan 9-avgust kuni Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Sh.Qilichevga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan (militsiya axborotida Sh.Qilichevdan tashqari yana ikki kishi — birining ismi Saidazim, ikkinchisiniki esa Jahongir — qo‘lga olingani aytilgan edi).

Prokuratura axborotida qo‘shimcha qilinishicha, ish yuzasidan tergov harakatlari shahar prokuraturasining O‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2018, 20:12)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют