» » O‘zbekistonda paxta terish mashinalari yetishmasligi qayd etildi

O‘zbekistonda paxta terish mashinalari yetishmasligi qayd etildi


“O‘zagrotexsanoatxolding” kompaniyasi O‘zbekistonda 2018—2021-yillarda qishloq xo‘jaligi mashinasozlik sohasini rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini taqdim etdi. Hujjat bilan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida tanishish mumkin, deb yozadi “Kommersant.uz”.

Kompaniya qishloq xo‘jalik mashinasozlik bozori holatiga aniqlik kiritar ekan, mamlakatda qo‘llanilayotgan texnika raqamlarini keltirib o‘tdi.

Masalan, 150,5 mingta texnikadan 57 822 tasi traktor, 3 608 tasi g‘alla o‘radigan kombayn, 1 224 donasi paxta terish mashinasi va 1 738 tasi yem-xashak o‘radigan texnika tashkil etadi.

Bunda 150,5 ming texnikadan deyarli 83 mingtasi eskirgan hisoblanadi, bu esa loyiha ishlab chiquvchilari fikricha, agrotexnika ishlarini o‘tkazish mavsumida texnika taqchilligini keltirib chiqaradi.

Vaziyat tahlil qilinib, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari 100 670 dona qo‘shimcha texnika, shundan 26 139 ta traktor, 34 605 dona pritsep, 1 149 ta g‘alla o‘ruvchi kombayn, 3 080 ta paxta terish mashinasiga muhtoj ekanligi aniqlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2018, 23:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют