» » Toshkentda ko‘p brendli AVTORITET avtojamlanmalar tarmog‘i ochildi

Toshkentda ko‘p brendli AVTORITET avtojamlanmalar tarmog‘i ochildi


2018-yilning 11-avgustida Toshkent shahrining Shayxontohur tumani, Nurafshon ko‘chasida ko‘p brendli AVTORITET avtojamlanmalar tarmog‘ining birinchi jamlanmasi ochildi. Avtojamlanmalar tarmog‘i O‘zbekistonda servis xizmatlari segmentini va avto ehtiyot qismlar savdosini yanada yuqori cho‘qqilarga olib chiqishi kutilmoqda.

AVTORITET avtojamlanmasi tarkibiga quyidagilar kiradi:

Ehtiyot qismlar supermarketida ko‘p brendli avtomobil ehtiyot qismlari, moylar, aksessuarlarning ko‘plab turlari va avtomobillar uchun boshqa qismlar taqdim etiladi. Sotuvchi-maslahatchilar mahsulot tanlashga va supermarketda sayr qilib, yaqindan tanishishga yordam berishadi. Zarur ehtiyot qismlarni sotib olib, ularni darhol servis markazida almashtirish mumkin.

To‘laqonli avtoservis esa avtojamlanmaning «yuragi»ga aylanadi, unda kompyuter diagnostikasidan boshlab kuzovni ta’mirlashgacha bo‘lgan barcha ish turlari bajariladi. Shuningdek, AVTORITET brendi ostida GPS-navigatsiya bilan jihozlangan yangi va zamonaviy evakuatorlarga ega evakuatsiya xizmati faoliyat yuritadi.

Mijozlar foydasini ko‘zlaydigan narx siyosati, to‘lovning turli shakllari joriy qilingan, shuningdek, bonusli jamg‘arma dasturlari ham ko‘zda tutilgan.

Uydan yoki ofisdan chiqmasdan xaridlarni amalga oshirish – AVTORITET avtojamlanmasining imkoniyatlaridan yana biridir. Xaridlarni internet-do‘kon orqali amalga oshirish mumkin.

Ko‘p brendli avtojamlanmaning birinchi shoxobchalari Toshkentda ochiladi: oldin Nurafshon ko‘chasida, keyin Chig‘atoyda, undan keyin esa «Uzbum»da. Keyinchalik shaharning boshqa tumanlarida ham: Sergeli, Yashnobod, Chilonzor va boshqalar. Keyingi bosqichda mamlakatimizning boshqa viloyatlarida filiallar ochiladi.

Manzil: Toshkent sh., Shayxontohur tumani, Nurafshon ko‘chasi

Mo‘ljal: Shedevr Garden restorani

Tel.: +99871 203-09-90, +99899 871-09-90

Facebook

Instagram

Telegram

Reklama huquqi asosida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2018, 12:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют