» » “KamAZ” O‘zbekiston harbiy qismlari uchun yuk mashinalari ishlab chiqarishni 10 barobarga oshirdi

“KamAZ” O‘zbekiston harbiy qismlari uchun yuk mashinalari ishlab chiqarishni 10 barobarga oshirdi


O‘zbekiston o‘z harbiy qismlari uchun 1,1 ming dona “KamAZ” yuk mashinalariga buyurtma berdi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.

Toshkent viloyati hokimi G‘ulomjon Ibragimov Tatariston prezidenti Rustam Minnixonov bilan qator qo‘shma loyihalarni muhokama qildi. Bu borada “KamAZ” yuk mashinasi texnikalarini yetkazib berish liniyasi bo‘yicha takliflar ham ko‘rib chiqildi.

O‘zbekistonda o‘tgan yil oxirida ushbu brend ostida transport vositalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgandi.

“Ularni Samarqandda yig‘ish boshlandi. Ilk 100 ta mashina yig‘ildi, harbiylar ularni ko‘rdi. Joriy yilda buyurtmalar soni 1100 ta mashinaga yetdi”, — dedi Toshkent viloyat hokimi Tatariston prezidenti bilan Qozondagi uchrashuvi davomida.

Uchrashuvda Toshkent viloyatida “KamAZ” yuk mashinalariga servis xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha markaz ochish rejasi ham muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun, “O‘zavtosanoat” AJ va “KamAZ” o‘rtasidagi kelishuv Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevning O‘zbekistonga tashrifi davomida imzolangan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2018, 12:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют