» » O‘zbekistonda Xalq tabobati assotsiatsiyasini tashkil etish ko‘zda tutilmoqda

O‘zbekistonda Xalq tabobati assotsiatsiyasini tashkil etish ko‘zda tutilmoqda


Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida xalq tabobatini rivojlantirish bo‘yicha Prezident qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjatda xalq tabobatining nazoratsiz faoliyat ko‘rsatib kelayotgani qator muammolarni tug‘dirayotgani, jumladan, tabiblar va ularning ish tajribasi haqida ma’lumotlar umumlashtirilmagani, tabiblarning mijozlar salomatligiga yetkazilgan zarar uchun mas’uliyati mustahkamlanmagani qayd etilgan.

Shu munosabat Sog‘liqni saqlash va Adliya vazirliklariga 2019-yil 15-oktabrgacha Xalq tabobati assotsiatsiyasini tashkil etish va ro‘yxatdan o‘tkazishni topshirish rejalashtirilmoqda.

Mazkur assotsiatsiya o‘zbek xalq tabobati merosini o‘rganishi, xalq tabobati vakillarining yagona reyestrini shakllantirishi, ularning faoliyatini muvofiqlashtirishi va nazorat qilishi, xalq tabobatini sog‘liqni saqlash tizimida o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashishi ko‘zda tutilgan.

Qaror loyihasi muhokamasi 25-avgustgacha davom etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2018, 16:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 86) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют