» » Navoiyda quyosh fotoelektr stansiyasini qurish bo‘yicha yo‘l xaritasi tasdiqlandi

Navoiyda quyosh fotoelektr stansiyasini qurish bo‘yicha yo‘l xaritasi tasdiqlandi


Navoiyda 100 megavatt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasini qurish uchun investitsiyalarni jalb qilishga qaratilgan sinov loyihasining yo‘l xaritasi tasdiqlandi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi 8-avgust, chorshanba kuni qaror qabul qildi, deb yozmoqda Spot.

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, “O‘zbekenergo” va Jahon banki guruhiga kiruvchi Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) davlat-xususiy sheriklik asosida fotoelektr stansiyalarni loyihalash, moliyalashtirish, qurish hamda foydalanish uchun investorlarni qidirish va tanlov asosida jalb etishga kelishgan.

Xususan, IFC bu kabi loyihalarni amalga oshirish uchun 1 milliard dollarlik investitsiyalarni jalb qilishga qaror qilgan. Ma’lum qilinishicha, 2019-yilning mart oyida xalqaro tender e’lon qilinadi. Avgust oyida esa investorlar bilan shartnomalar imzolanadi.

2019-yilning sentyabrida IFC bilan 900 megavatt quvvatga ega bo‘ladigan obyektlarni qurish bo‘yicha shartnomaning talab va muddatlari bo‘yicha muzokaralar o‘tkaziladi.

Avvalroq, 2008—2014-yillarda Navoiy viloyatida 15 ta quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirilgani haqida xabar qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2018, 16:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют