» » OAV: AQSh HDK vitse-admirali Garvard prezidentning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan bosh tortdi

OAV: AQSh HDK vitse-admirali Garvard prezidentning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan bosh tortdi


AQSh Harbiy-dengiz kuchlarining iste’fodagi vitse-admirali Robert Garvard AQSh prezidenti Donald Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi lavozimini egallashdan bosh tortdi. Bu haqda CBS News vaziyatdan xabardor manbalariga tayanib xabar berdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, Garvard Tramp ma’muriyati bilan xavfsizlik kengashini kadrlar bilan ta’minlash borasida yuzaga kelgan bahslar tufayli mansabni rad etgan.

O‘z navbatida boshqa ikki manba Garvard o‘z jamoasini talab qilganini, bunga esa Oq uy rozi bo‘lmaganini tasdiqladi.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi lavozimini AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni sobiq o‘rinbosari vitse-admiral Robert Garvardga taklif etgani, Afg‘oniston va Iroqdagi operatsiyalarda ishtirok etgan vitse-admiral prezidentning taklifini qabul qilgani xabar berilgan edi.

Опубликовано: admin (17-02-2017, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют