» » Afg‘onistonning “oltin davri” ortda qoldimi?

Afg‘onistonning “oltin davri” ortda qoldimi?


Markaziy Osiyoda Afg‘oniston omili an’anaviy ravishda mintaqaviy xavfsizlik bilan bog‘lab kelinadi, biroq uning mintaqa davlatlari iqtisodiyotiga ta’siri ham sezilarli ekanligini e’tirof etish lozim. Iqtisodiy tadqiqotlar markazi eksperti Rustam Mahmudov shu haqda fikr yuritadi.

Bu ayniqsa 2001-yilda toliblar hokimiyati ag‘darilganidan so‘ng yaqqol namoyon bo‘ldi va mamlakat mintaqaga bir yo‘la ikki muhim yo‘nalishda iqtisodiy ta’sir ko‘rsata boshladi. Birinchi galda 2010-yilgacha nisbatan barqarorlikka erishilgani, u yoki bu darajada mustahkam fuqaroviy ma’muriyatlarning tuzilishi Markaziy Osiyoning umumiy investitsiyaviy muhitini tubdan yaxshiladi.

Xususan, Afg‘onistonda xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyatning o‘nglanishi O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmanistonga investitsiyalar sohasida ijobiy aks etdi. Chet ellik investorlar ushbu mamlakatlarga, birinchi galda, tabiiy resurslarni qazib olish, qayta ishlash va transportda yetkazish, tayyor mahsulotlar yaratish bo‘yicha loyihalarga o‘nlab milliard dollar kiritdi.

Bunga qo‘shimcha ravishda, Afg‘oniston yirik savdo-iqtisodiy sherikka aylandi. Mamlakat bozoriga mahsulotlar va xizmatlar eksporti mintaqa davlatlari tashqi iqtisodiy siyosati diversifikatsiyasi uchun muhim omil va valyuta daromadlari manbaiga aylandi.

Masalan, O‘zbekistonning janubiy qo‘shnisi bilan tovar aylanmasi 2012-yilda salkam 1,1 milliard dollarni tashkil etdi. Bundan O‘zbekiston hissasiga 1,073 milliard, Afg‘onistonga esa atigi 0,8 million dollar to‘g‘ri keldi. Afg‘onistonning O‘zbekiston umumiy tovar aylanmasidagi hissasi 4,1 foizni tashkil etdi. Afg‘on bozoriga asosan elektr energiyasi, neft mahsulotlari, kimyoviy o‘g‘itlar va meva-sabzavot yetkazib berildi.

Afg‘oniston iqtisodiy o‘sishi va buning natijasi o‘laroq, Markaziy Osiyo davlatlaridan importga ehtiyojning ortishiga, shubhasiz, mamlakat budjetini shakllantirgan G‘arb homiylarining moliyaviy ko‘magi, shuningdek, ularning harbiy yo‘nalishdagi xarajatlari asosiy sabab bo‘ldi.

Buni Afg‘oniston davlat budjeti tizimida ham bemalol ko‘rish mumkin. Masalan, 7,794 milliard dollarga teng bo‘lgan 2014—2015-yillar budjetida tashqi yordamga 5,311 milliard dollar (salkam 71 foiz), ichki daromadlarga esa atigi 2,483 milliard dollar (29 foiz) to‘g‘ri keldi. Shunday holat 2017-yil budjetida ham saqlanib qoldi.

Birgina Qo‘shma Shtatlarning o‘zi 2001-yildan beri Afg‘onistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yordam uchun 113 milliard dollar sarfladi. Bu Amerika Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Marshall rejasi bo‘yicha butun Yevropaga ko‘rsatgan jami ko‘makdan ham ko‘p. AQSh Afg‘onistonda jami salkam 1 trillion dollar xarajat qildi.

Biroq Afg‘onistonning “oltin davri” ortda qolganga o‘xshaydi va bu eng kamida uning Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo aylanmasi sur’atlari susayishiga olib kelishi mumkin. Xorijiy sarmoyalarning kamayishi, qo‘shinlar olib chiqib ketilishidan tashqari, muhojirlikning keskin ortishi ham iqtisoddagi muammolarning bevosita omiliga aylandi. Gretsiya manbalariga ko‘ra, 2015-yili mamlakatga dengiz orqali yetib kelgan afg‘on qochoqlari soni bo‘yicha faqat suriyaliklardan ortda qolgan.

Afg‘onistonning iqtisodiy muammolari AQShning yangi ma’muriyati Eron bilan siyosiy-iqtisodiy munosabatlarni taranglashtirishni rejalashtirayotgani tufayli yanada gazak olishi mumkin. Chunki ushbu mamlakat Kobulning eng muhim iqtisodiy sheriklaridan biri hisoblanadi.

Shu bois 2017—2018-yillarda Afg‘oniston mavzusi yana Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi siyosiy strategiyasi kun tartibining birinchi qatoriga chiqishi mumkin. Bundan mintaqaviy tashkilotlar, birinchi galda Shanxay hamkorlik tashkiloti ham istisno emas. Afg‘oniston ShHTga Pokiston va Hindiston a’zo bo‘lishi kutilayotgani sababli yaqin kelajakda hududiy, ichki muammoga aylanadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-02-2017, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют