» » Toshkent shahar IIBB Yakkasaroy tumanida 14 yoshli qiz o‘g‘irlanib, zo‘rlangani haqidagi xabarlarni rad etdi

Toshkent shahar IIBB Yakkasaroy tumanida 14 yoshli qiz o‘g‘irlanib, zo‘rlangani haqidagi xabarlarni rad etdi


O‘zbekiston internet-nashrlaridan biri Yakkasaroy tumanida 14 yoshli qiz olib qochilib, zo‘rlangani haqida 10-avgust kuni xabar bergan edi. Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati bunday ma’lumotlarni rad etdi.

“Toshkent shahar IIBB ushbu ma’lumot haqiqatga mos emasligini ma’lum qiladi. Qolaversa, avgust oyi mobaynida Yakkasaroy tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi va Ichki ishlar bo‘limiga bu turdagi og‘ir jinoyat yuzasidan birorta ham ariza kelib tushmagan”, — deyiladi rasmiy axborotda.

IIBB matbuot xizmatining qayd etishicha, internet-nashrning bu “yangiligi”ni “ichki ishlar organlarini obro‘sizlantirish va o‘ziga arzon reyting ishlab olish maqsadida e’lon qilingan asossiz ma’lumot sifatida baholash mumkin”. “OAV vakillarini chop etiladigan har bir xabar uchun mas’uliyatni his qilishga, axborotni ishonchli manbalardan olishga chaqirib qolamiz”, — deyiladi IIBB axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2018, 19:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 78) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют