» » O‘zbekistonda neft qazib olish hajmi kamaydi, benzin va dizel ishlab chiqarish esa oshdi

O‘zbekistonda neft qazib olish hajmi kamaydi, benzin va dizel ishlab chiqarish esa oshdi


O‘zbekistonda 2018-yilning dastlabki yetti oyi davomida benzin va dizel ishlab chiqarish hajmi ortdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2017-yilning yanvar—iyul oylarida O‘zbekistonda 638,7 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2018-yilda ko‘rsatkich 10,2 foizga o‘sib, 657,1 ming tonnani tashkil etgan.

Dizel yoqilg‘isini ishlab chiqarish sur’ati 11 foizga o‘sgan. Bir yil avval yetti oy ichida 553 ming tonna dizel tayyorlangan bo‘lsa, bu yil xuddi shuncha muddatda 650 ming tonnadan ortiq yoqilg‘i ishlab chiqarildi.

Ayni vaqtda, O‘zbekistonda neft qazib olish hajmi 9,9 foizga qisqargan — 2018-yilning yanvar—iyul oylarida 437,5 ming tonna “qora oltin” qazib olingan, bir yil avval esa 485,3 ming tonna qazib olingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2018, 22:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют