» » Qashqadaryo viloyatidagi YTHlar oqibatida yetti oyda 108 kishi halok bo‘ldi. Qurbonlarning 11 nafari bolalar

Qashqadaryo viloyatidagi YTHlar oqibatida yetti oyda 108 kishi halok bo‘ldi. Qurbonlarning 11 nafari bolalar


Qashqadaryo viloyatida 2018-yilning yanvar—iyul oylari davomida yuz bergan yo‘l-transport hodisalari oqibatida 108 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i Erkin Qurbonov O‘zAga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Viloyat bosh yo‘l nazoratchisining so‘zlariga ko‘ra, viloyat avtomobil yo‘llarida sodir etilgan yo‘l transport hodisalarining soni o‘tgan yilning yanvar—iyul oylariga nisbatan 403 tadan 392 taga (2,7 foizga), ular oqibatida jarohatlanganlar soni esa 408 tadan 367 taga kamaygan.

“Afsuski, YTH oqibatida halok bo‘lganlar soni o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlarga tenglashgan, ya’ni 108 nafarga yetgan”, — deydi Erkin Qurbonov.

Bundan tashqari, bolalar bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalarini soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 58 tadan 60 taga, ular sabab jarohatlangan soni 49 nafardan 55 nafarga oshgan. Halok bo‘lganlar soni 13 nafardan 11 nafarga kamaygan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2018, 23:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 68) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют