» » “Milan” hujumchisi Andre Silva “Sevilya” futbolchisiga aylandi

“Milan” hujumchisi Andre Silva “Sevilya” futbolchisiga aylandi


“Milan” klubining portugaliyalik hujumchisi Andre Silva faoliyatini Andalusiyaning “Sevilya” jamoasida davom ettiradigan bo‘ldi.

“Sevilya” 22 yoshli hujumchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga oldi.

Avvalroq xabar qilinganidek, “Milan” Silva ijarasi uchun 5 million yevroga ega bo‘ladi. “Sevilya” esa futbolchini ijarasi yakuniga yetgach 30 million yevroga sotib olishi mumkin.

Ma’lumot uchun “Milan” o‘tgan yozda Andre Silvani “Portu” klubidan 38 million yevroga sotib olgan edi.  U A Seriyaning 24 uchrashuvida 2 ta gol urdi. Uchrashuvlarning ko‘pida zaxiradan maydonga tushirildi. Shuningdek, hujumchi Yevropa Ligasining 14 ta o‘yinida “Milan” uchun 8 ta gol urishga erishdi.

JCh—2018 ning 3 ta o‘yinida esa bitta ham gol ura olmadi. Vaqtida Krishtianu Ronaldu Silvani terma jamoadagi o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan futbolchi sifatida qayd etgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2018, 23:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют