» » O‘zbekistonda yengil avtomobil ishlab chiqarish hajmi oshmoqda. Yuk mashinalari va avtobuslarda esa aksincha

O‘zbekistonda yengil avtomobil ishlab chiqarish hajmi oshmoqda. Yuk mashinalari va avtobuslarda esa aksincha


O‘zbekiston yengil avtomobil ishlab chiqarish hajmi o‘sishda davom etmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi axborot berdi.

2018-yil yanvar—iyul oylarida O‘zbekistonda 94 371 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 18,8 foizga ko‘p (o‘tgan yil yanvar—iyul oylarida 79 441 dona yengil mashina ishlab chiqarilgan).

Ayni vaqtda, yuk mashinalari va avtobuslar ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari pasayishda davom etmoqda. O‘tgan yili yanvardan iyulgacha O‘zbekistonda 2 350 ta yuk mashina va 477 ta avtobus yig‘ilgan bo‘lsa, 2018-yilda bu ko‘rsatkich mos ravishda 1 923 va 303 donani tashkil etgan.

E’tiborga molik jihat sifatida traktor ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilga nisbatan 7,5 barobarga o‘sganini ko‘rsatish mumkin — 2018-yil yanvar—iyulida 2 406 dona traktor tayyorlangan, vaholanki bir yil avval yetti oyda atigi 322 dona traktor ishlab chiqarilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2018, 23:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют