» » “O‘zbekkino” tizimida xorijiy kinokompaniyalar murojaatlarini ko‘rib chiquvchi “O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi” davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

“O‘zbekkino” tizimida xorijiy kinokompaniyalar murojaatlarini ko‘rib chiquvchi “O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi” davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24-iyuldagi PQ-3880-son qaroriga asosan “O‘zbekkino” milliy agentligi tizimida “O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi” nodavlat notijorat tashkiloti 6-avgust kuni Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda “O‘zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori Furqat Zokirov Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Bundan buyon “O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi”,“O‘zbekkino” milliy agentligining xorijiy kinokompaniyalar murojaatlarini ko‘rib chiquvchi ishchi komissiyasi hisoblanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy kinokompaniyalarga filmlarni tasvirga olish ishlarida tashkiliy, texnik va texnologik xizmatlar ko‘rsatish milliy kinokomissiya tomonidan amalga oshiriladi.

Kinokomissiyaning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:

– mamlakatda kinoturizmni rivojantirish;

– respublika hududida filmlarni tasvirga olish uchun xorijiy kinokompaniyalarni keng jalb qilish hamda ularga xalqaro tajriba asosida kinoservis xizmatlari ko‘rsatish;

– xorijiy kinokompaniyalar bilan hamkorlikda (co-production) filmlar ishlab chiqarish;

– xalqaro kinofestivallar va kinobozorlarda milliy filmlar ishtirokini ta’minlash;

– mamlakat kinematografiya yutuqlarini jahonga targ‘ib qilish.

Xorijiy kinokompaniyalarning murojaatlari uzbekistanfilmcommission.com rasmiy veb-sayti orqali elektron tarzda qabul qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2018, 13:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют