» » O‘zbekistonda magistraturada yangicha tartibda ta’lim olish yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda magistraturada yangicha tartibda ta’lim olish yo‘lga qo‘yiladi


Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

Qaror loyihasida magistr mutaxassislar tayyorlashning mazmunini tubdan qayta ko‘rib chiqish hamda xalqaro standartlar darajasida oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashga zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida qator yangiliklar kiritilgan.

Jumladan, endilikda yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarining tajribasi asosida oliy ta’lim muassasalarida ikki yo‘nalishda: ishlab chiqarish (kamida bir yil) hamda ilmiy-pedagogik (kamida ikki yil) yo‘nalishlarda magistrlarni tayyorlash nazarda tutilmoqda.

Ushbu qaror loyihasi bilan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul kvotalari kadrlar buyurtmachilari tomonidan berilgan ehtiyojlardan kelib chiqqan holda, oliy ta’lim muassasasi takliflari asosida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlash taklifi kiritilgan.

Hujjatda ish beruvchi tashkilotlar talablari asosida ilmiy-pedagogik yo‘nalishda mutaxassislarni maqsadli tayyorlash faqat davlat granti asosida amalga oshirilishi, ilmiy-pedagogik yo‘nalishda maqsadli tayyorlangan mutaxassislar magistraturani bitirgandan so‘ng ish beruvchi tashkilotda kamida 5 yil (tayanch doktoranturada o‘qish vaqtidan tashqari) ishlab berishi ko‘rsatilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2018, 16:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют