» » Yaman poytaxti yaqinidagi qishloqqa berilgan aviazarba oqibatida 9 nafar ayol va bola halok bo‘ldi

Yaman poytaxti yaqinidagi qishloqqa berilgan aviazarba oqibatida 9 nafar ayol va bola halok bo‘ldi


Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya samolyotlarining Yaman poytaxti Sana yaqinidagi qishloqqa bergan aviazarbalari oqibatida 9 nafar ayol va bola halok bo‘ldi, o‘nlab kishi jarohat oldi. Bu haqda mahalliy aholiga tayanib, Reuters ma’lum qildi.

Zarbalar 16-fevral kuni tunda Sana shimolidagi Ashuro qishlog‘iga, isyonchi xusiylarga ittifoqdosh qavm yetakchisining uyiga qaratildi. U yerda aholi vafot etgan ayolning dafn marosimiga to‘plangandi.

Guvohlardan birining hikoya qilishicha, odamlar samolyotlar ovozini eshitib, uydan qochib chiqa boshladi. Bombalar bevosita imoratga borib tushgan va uning tomi qulagan.

Koalitsiya mazkur hududda tinch aholi qurbon bo‘lgani haqidagi xabarlarni tekshirishga kirishdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-02-2017, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют