» » Adabiyot yo‘nalishida Nobel mukofoti sohibi Vidiadxar Naypol vafot etdi

Adabiyot yo‘nalishida Nobel mukofoti sohibi Vidiadxar Naypol vafot etdi


Londonda 85 yoshida adabiyot yo‘nalishida Nobel mukofoti sohibi hisoblangan Vidiadxar Naypol vafot etdi. Bu haqda yozuvchining qarindoshlariga asoslanib, BBC News xabar tarqatdi.

British writer VS Naipaul dies at 85 https://t.co/1xv6UzNceS pic.twitter.com/rGPMnJHfOt

— Arslan Asghar (@ArslanAgrarian) August 11, 2018

Meduza’ning yozishicha, Vidiadxar Naypol 30 dan ortiq kitoblar muallifi sanaladi. U 2001-yili “o‘z asarlaridagi muhokama qilishga o‘rganmaganimiz faktlar ustida mushohada yuritishga majbur qiladigan o‘tkir hikoya qilish uslubi va bukilmas samimiyligi” uchun adabiyot sohasidagi Nobel mukofoti bilan taqdirlangan.

“Osilgan holatda” nomli romani Naypolning eng mashhur asarlaridan biri sanaladi, bu asari uchun yozuvchi 1971-yili Buker mukofotini olgan. 2018 yili bu roman Buker mukofotini so‘nggi 50 yilda qo‘lga kiritgan eng yaxshi asar nomiga da’vogarlar ro‘yxatiga kiritilgan, biroq yakunda “Oltin Buker” Maykl Ondatjening “Ingliz bemor” asariga nasib etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2018, 20:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 42) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют