» » Toshkentda DAN xodimi o‘t o‘chiruvchilar kelgunicha yonayotgan kafedan ikki hushsiz fuqaroni olib chiqdi (video)

Toshkentda DAN xodimi o‘t o‘chiruvchilar kelgunicha yonayotgan kafedan ikki hushsiz fuqaroni olib chiqdi (video)


YPX inspektori Javohir Ergashev xizmat o‘tayotgan joyiga yaqin hududda yuz bergan yong‘inda ikki kishining hayotini saqlab qolgan. Bu haqda “Toshkent” telekanalining “Poytaxt-Vaziyat” ko‘rsatuvida ma’lum qilindi.

Voqea aynan qachon bo‘lganiga aniqlik kiritilmagan. Lavhada 12-iyul kuni “Oybek” metro bekati yaqinidagi ko‘p qavatli uy birinchi qavatida joylashgan muassasada yuz bergan yong‘indan videoparcha ko‘rsatilgan. Kadr ortidagi ovoz kafe yongani haqida gapiradi.

Ma’lum bo‘lishicha, YPX inspektori Javohir Ergashev zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, o‘t o‘chiruvchilar yetib kelguncha kafe ichida bo‘lgan va hushsiz holdagi ikki fuqaroni qutqarib, tashqariga olib chiqqan.

Javohir Ergashevning ushbu harakatlari Toshkent shahar IIBB tomonidan rag‘batlantirildi. “Maqsadimiz — fuqarolarning tinchligini saqlash, zarur vaqtda ularga yordam ko‘rsatish”, — dedi Ergashev.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2018, 20:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют