» » Suriyaning Idlib mintaqasidagi portlash oqibatida o‘nlab odamlar halok bo‘ldi

Suriyaning Idlib mintaqasidagi portlash oqibatida o‘nlab odamlar halok bo‘ldi


Suriyaning Idlib mintaqasida yuz bergan portlash oqibatida 18 nafardan 32 nafargacha odam halok bo‘lgan. “Kommersant”ning yozishicha, portlash Turkiya bilan chegara yaqinidagi Sarmada shahrida yuz bergan; qurbonlar soni o‘sishi mumkin.

AFP muxbirining ma’lum qilishicha, portlash oqibatida ikkita bino qulagan. Agentlik manbalari bergan axborotga ko‘ra, portlash sabablari hozircha noma’lum, halok bo‘lganlar orasida ayollar va bolalar bor.

“TASS” agentligi Turkiyaning NTV telekanaliga asoslanib, portlash oqibatida kamida 32 kishi halok bo‘lgani, 45 kishi tan jarohati olgani haqida xabar bermoqda.

AP’ning Suriya qurolli muxolifatiga yaqin “Oq kaskalar” tashkilotiga asoslanib, portlash “o‘nlab odamlarni o‘ldirgani” haqida yozmoqda. Londondagi Inson huquqlari monitoringi markazi “Al-Qoida”ga aloqador harakatga tegishli qurol omborida yuz bergan portlash oqibatida 18 kishi halok bo‘lgan deb xabar bermoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2018, 20:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют