» » “Qo‘qon-1912” “Paxtakor” bilan durang o‘ynab, Top-6 ga kirish imkoniyatini pasaytirib yubordi, “Metallurg”da esa g‘alaba

“Qo‘qon-1912” “Paxtakor” bilan durang o‘ynab, Top-6 ga kirish imkoniyatini pasaytirib yubordi, “Metallurg”da esa g‘alaba


Bugun, 12-avgust sanasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pepsi Superligasining 21-turi yakuniga yetadi. Kun taqvimidan 3 ta uchrashuvdan 2 tasi yakuniga yetdi.

Kuchli oltilikka kirishga harakat qilayotgan “Metallurg” jamoasi Bekobodda “Qizilqum”ni qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Mezbonlar tarkibida Islom Isoqjonov hamda Zohid Abdullayev gol kiritgan bo‘lsa, bu golga “Qizilqum”dan legioner futbolchi Nemanya Yovanovich javob berdi, xolos.

Shu tariqa mazkur g‘alabadan so‘ng 30 ochkoga ega bo‘lib turgan “Metallurg” kuchli oltilikka kirish uchun katta qadam tashladi.

Turning markaziy o‘yini Qo‘qonda bo‘lib o‘tdi. Mezbon “Qo‘qon-1912” jamoasi Toshkentning “Paxtakor” jamoasini qabul qildi. Uchrashuv tomonlarning 1:1 hisobidagi durang natijasi bilan yakunlandi. 51-daqiqada Marko Milich avtogol sohibi bo‘lib, “Paxtakor”ning hisobda oldingan chiqib olishini ta’minlagan bo‘lsa, 75-daqiqada Nosir Otaqo‘ziyev qo‘qonliklarga 1 ochko keltirgan golga mualliflik qildi.

Mazkur durangdan so‘ng “Qo‘qon-1912” 28 ochko bilan musobaqa jadvalida 7-o‘ringa joylashdi.

Pepsi Superliga

21-tur bellashuvlari

12-avgust, yakshanba

Gollar: 1:0—3 Islom Isoqjonov, 2:0—10 Zohid Abdullayev, 2:1—82 Nemanya Yovanovich.

Gollar: 0:1—51, avtogol Marko Milich, 1:1—75 Nosir Otaqo‘ziyev.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2018, 21:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют