» » APL. “Manchester Siti” mehmonda “Arsenal”ni taslim etdi (video)

APL. “Manchester Siti” mehmonda “Arsenal”ni taslim etdi (video)


11-avgust sanasida Angliya premyer-ligasida 2018/19-yilgi mavsumning 1-turi boshlangan edi. Hozirgina turning so‘nggi o‘yini nihoyasiga yetdi.

Unda “Arsenal” o‘z maydonida amaldagi chempion “Manchester Siti” bilan kurash olib bordi. Uchrashuvda hisob 14-daqiqada “Siti” tomonidan ochildi. Gol muallifi Raxim Sterling. Ikkinchi bo‘limning 64-daqiqasida portugaliyalik Bernardu Silva hisobni 0:2 ko‘rinishiga keltirdi. Mazkur hisob o‘yin so‘ngiga qadar o‘zgarmay qoldi.

Angliya premyer-ligasi

1-tur bellashuvlari

12-avgust, yakshanba

Gollar: 0:1 – 14 Sterling, 0:2 – 64 Bernardu Silva.

“Arsenal”: Chex, Mustafi, Papastatopulos, Belerin, Meytlend-Naylz (Lixtshtayner, 35), Ganduzi, Jaka (Torreyra, 70), Remzi (Lyakazett, 54), Mxitaryan, Ozil, Obameyang.

“Manchester Siti”: Ederson, Stounz, Mendi, Uoker, Laport, Gyundogan, Fernandino, Marez (de Bryuyne, 60), Bernardu Silva, Sterling, Aguero (Gabriyel Jezus, 79).

Ogohlantirishlar: Sterling (4), Papastatopulos (27), Jaka (52), de Bryuyne (73).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2018, 22:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют