» » IIV: ID-karta amaldagi biometrik pasport o‘rnini bosuvchi, fuqarolikni belgilaydigan va shaxsni tasdiqlaydigan hujjat bo‘ladi (video)

IIV: ID-karta amaldagi biometrik pasport o‘rnini bosuvchi, fuqarolikni belgilaydigan va shaxsni tasdiqlaydigan hujjat bo‘ladi (video)


IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshqarma boshlig‘i Bahodir Usmonov “Yoshlar” telekanaliga intervyu berdi. Usmonov intervyu davomida “O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilingach, aholi orasida paydo bo‘lgan turli gap-so‘zlar yuzasidan ham tushuntirishlar berdi.

— 2019-yilning 1-yanvar kunidan boshlab, chet elga chiqish uchun ruxsat yozuvi stikerini rasmiylashtirish tartibi bekor qilinib, fuqarolarimiz chet elga chiqishlari uchun xorijga chiqish biometrik pasportlarini rasmiylashtirish tizimini yo‘lga qo‘yish nazarda tutilgan, — deydi Bahodir Usmonov. — Hozirgi chet elga chiqish uchun ruxsat yozuvi stikeri ikki yilga rasmiylashtirilgan bo‘lsa, xorijga chiqish uchun biometrik hujjat 10 yil muddatga beriladi. Xorijga chiqish pasportini olish uchun fuqarolar o‘zlari yashab turgan hudud ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘lim/bo‘linmalariga murojaat qilishlari, belgilangan tartibda tegishli hujjatlarni taqdim etishlari kerak bo‘ladi. Rasmiylashtirish muddati etib 10 ish kuni belgilanmoqda. Bunday pasportlar bir yoshga to‘lmagan fuqarolarga ikki yil muddatga, bir yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan fuqarolarga besh yil muddatga, 16 yoshdan katta fuqarolarga 10 yil muddatga beriladi.

— Keling, ID-karta masalasiga to‘xtalsak. O‘zi ID-kartalar qanday xizmatlar uchun joriy etilmoqda?

— ID-karta respublika hududida fuqarolikni belgilovchi va shaxsni tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. Joriy yilning 1-noyabr kunidan boshlab amaldagi biometrik pasport o‘rniga identifikatsion karta — ID-kartani Toshkent shahrida tajriba tariqasida tatbiq etish ko‘zda tutilgan. Toshkent shahrida tajbiradan o‘tganidan so‘ng, ID-karta tizimi ijobiy natija ko‘rsatsa, uni respublika miqyosida tatbiq etish nazarda tutilyapti. Shu tizim butun respublikaga tatbiq etilganidan so‘ng, biometrik pasportni rasmiylashtirish tizimi bekor bo‘ladi — ID-karta biometrik pasport o‘rniga kiritilayotgan hujjatdir. Fuqaroda bir vaqtning o‘zida ham ID-karta, ham biometrik pasport bo‘lishi mumkin emas.

— Fuqarolarda endi bizda uchta pasport bo‘ladimi, degan savol paydo bo‘lyapti — masalan, ID-karta, xorijga chiqish uchun biometrik pasport va hozirda amal qilayotgan biometrik pasport. Mazkur masalaga batafsil oydinlik kiritsangiz?

— Ba’zi bir fuqarolar tomonidan O‘zbekistonda endi uch xil — chet elga chiqish uchun pasport, respublikada foydalanish uchun biometrik pasport va qo‘shimcha ravishda ID-karta tatbiq etilarkan, degan bir noto‘g‘ri tushuncha paydo bo‘ldi. Bitta fuqaroda faqat ikki xil turdagi pasport bo‘lishi mumkin — xorijga chiqish uchun pasport va, tatbiq etiladigan bo‘lsa, ID-karta. ID-karta biometrik pasport o‘rnini bosadi va u respublika hududida fuqarolikni belgilovchi va shaxsni tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi.

— Fuqarolarimizdan amaldagi biometrik pasportdan chet elga chiqish pasporti sifatida foydalansa bo‘lmaydimi, degan taklif tushyapti. Bunga nima deysiz?

— Bu savolga keladigan bo‘lsak, biometrik pasportni rasmiylashtirish jarayoni bilan chet elga chiqish hujjatlarini rasmiylashtirish jarayoni boshqa-boshqa hisoblanadi. Masalan, 16 yoshga to‘lgan fuqaro pasport olishga majbur deb hisoblansa, xorijga chiqish pasporti faqat xorijga chiqish zarurati tug‘ilganidagina rasmiylashtiriladi. Bu ikki xizmatning reglamenti har xil bo‘lgani sababli, hozirgi amaliyotda biometrik pasport olgan fuqaro chet elga chiqishi uchun chet elga borish ruxsat yozuvi stikerini rasmiylashtiradi. Yangi tartibda esa bitta hujjat — xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish kifoya. 2019-yil 1-yanvaridan xorijga chiqish uchun xorijga chiqish biometrik pasporti rasmiylashtirilishi nazarda tutilgan bo‘lib, shu bilan birga amaldagi haqiqiy biometrik pasportga ega bo‘lgan fuqarolar 2021-yilning 1-yanvariga qadar viza talab etilmaydigan davlatlarga shu biometrik pasport asosida chiqishlari mumkin. Viza rasmiylashtirilishi talab etiladigan davlatlarga 2019-yil 1-yanvar kuniga qadar rasmiylashtirilgan ruxsat yozuvi stikerining amal qilishi tugaguncha xorijga chiqish pasporti rasmiylashtirilmagani holda chiqish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2018, 06:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют