» » MRB rahbari AQSh razvedkasi Trampdan axborotning bir qismini yashirayotgani haqidagi xabarni rad etdi

MRB rahbari AQSh razvedkasi Trampdan axborotning bir qismini yashirayotgani haqidagi xabarni rad etdi


AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Maykl Pompeo The Wall Street Journal gazetasida Amerika maxsus xizmatlari prezident Donald Trampdan o‘zlari to‘plagan ma’lumotning bir qismini sir tutayotgani haqida chop etilgan xabarni qat’iyan rad etdi, deb yozadi “TASS”.

Pompeo ta’kidlashicha, “MRBning vazifasi prezidentni iloji boricha ko‘proq razvedka ma’lumotlari bilan ta’minlash va ushbu ma’lumotlar tayangan asosni tushuntirib berishdan iborat”. “MRB prezidentdan razvedka ma’lumotlarini yashirmayapti, yashirmagan va hech qachon yashirmaydi. Nuqta”, — deyiladi Pompeoning bayonotida.

The Wall Street Journal versiyasiga ko‘ra, Amerika razvedka organlari ba’zi maxfiy ma’lumotlar tarqalib ketishidan xavotirlanib, Trampga ularni taqdim etmagan. Xususan, Trampga “razvedka muassasalari axborot to‘plashda qo‘llaydigan uslublar”, shu jumladan, boshqa davlatlarga nisbatan josuslik olib borish usullari haqida gapirib berishmagan.

Опубликовано: admin (17-02-2017, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют