» » AQShda 280 kilogrammli ayolni kasalxonaga olib borish uchun yetti nafar o‘t o‘chiruvchini yordamga chaqirishdi

AQShda 280 kilogrammli ayolni kasalxonaga olib borish uchun yetti nafar o‘t o‘chiruvchini yordamga chaqirishdi


AQShning Vashington shtati Sietl shahrida yashovchi 280 kg vaznli ayolni kasalxonaga eltish uchun yetti nafar o‘t o‘chiruvchi chaqirildi, deb yozadi The Sun.

55 yoshli Diana Banch nosog‘lom taomlarga, fastfudga ishqibozligi va jismoniy harakatlar qilmasligi tufayli ikki o‘rinli yotoq karavotiga sig‘may qoldi. U po‘rsildoqlar, yarali kasalliklar va limfedemalardan azob chekadi, shu sababli ayolning qo‘l va oyoqlari shishib ketgan. Unga shoshilinch tarzda tibbiy yordam va oshqozon operatsiyasi kerak bo‘ldi.

Banchning singlisi uni Xyustondagi kasalxonaga olib borish uchun furgonning orqa qismini jihozladi, ular ikki kun yo‘l yurdi. Ayollar shaharga yetib kelgach, Banchni avtomobildan chiqarib olish uchun yong‘in xizmatining yetti xodimini chaqirishga to‘g‘ri keldi.

Опубликовано: admin (17-02-2017, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют